O‘zbekistonda xalqaro IT sertifikat olgan yoshlar imtihon xarajatlarining 60 foizigacha qismi miqdorida kompensatsiya olishi mumkin. Avval yuqori darajadagi bunday sertifikatga 50 foiz kompensatsiya to‘lanardi. Agar mutaxassisda ingliz tilidan B2 daraja bo‘lsa, IT sertifikatni olish xarajatlari to‘liq qoplanadi.
Xalqaro IT-sertifikatlarini olgan 14−30 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari sarflangan mablag‘ning 50 foizigacha kompensatsiya olishlari mumkin. Bunda kompensatsiya miqdori sertifikatning darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Kompensatsiya olish uchun arizalarni onlayn tarzda my.gov.uz portali orqali yuborish kerak.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting